Texnologiya
Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini taqdim etdi
Texnologiya

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini taqdim etdi

Apple yangi iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max smartfonlarini taqdim etdi. Yangi avlod 2 nm A20 Pro chipi, oʻzgaruvchan diafragmali kamera va kattaroq akkumulyatorga ega boʻldi, biroq narxlar avvalgi avlodga nisbatan 100 dollarga oshdi.

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini taqdim etdi

Foto: Apple

Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni yangi iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini taqdim etdi.

Smartfonlar toʻrt xil rangda: kumushrang, toʻq kulrang, och koʻk va Apple uchun mutlaqo yangi boʻlgan, kompaniya «Dark Cherry» deb ataydigan olcha rangida chiqariladi. Bu rang iPhone 17 Pro’dagi «Cosmic Orange» rangining oʻrnini egallaydi.

Olcha rang (burgundi) yangi turkumning asosiy flagman rangi boʻladi.

Yangi Pro modellarining asosiy xususiyatlari

iPhone 18 Pro’dagi yangi avlod 2 nm protsessorlari

Avtonomlik sezilarli darajada oshirildi

iPhone 18 Pro kamerasi oʻzgaruvchan diafragmaga ega boʻldi

Apple bu «soʻnggi yillardagi eng yirik kamera yangilanishi» ekanini aytmoqda. iPhone 18 Pro va Pro Maxʼning asosiy kamerasi 48 megapikselli sensor va oltita yupqa parrakchali oʻzgaruvchan diafragma mexanizmi bilan jihozlandi.

Yorugʻlik kam sharoitda diafragma avtomatik tarzda ochilib, koʻproq nur oʻtkazadi. Bu tungi suratlarning sifatini yaxshilashi va tungi rejimning ishlashini tezlashtirishi kerak.

1788975201-5942

Foto: Apple

Kamchiliklaridan biri – barcha modellar narxi 100 dollarga oshadi

iPhone 18 Pro 1199 dollar, iPhone 18 Pro Max 1299 dollar narxda sotuvga chiqadi. Sotuvlar 18-sentabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.

iPhone 18 Pro modelining barcha yangi imkoniyatlari:

1788975069-4032

Foto: Apple