Viloyat hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi yig'ilishda har bir ishsiz yosh bilan alohida ishlash vazifasi qo'yildi. Yoshlar ishga joylashtiriladi, tadbirkorlikka yo'naltiriladi yoki kasb-hunarga o'qitiladi. Bu ish hududiy shtablar orqali olib boriladi. Yoshlar o'z mutaxassisligi va qiziqishiga qarab ish o'rinlariga yo'naltiriladi.
Yig'ilishda kambag'al oilalar muammolari ham ko'rib chiqildi. Bir haftada Nurotada 297 ta, Uchquduqda 37 ta, Konimexda 20 ta muammo hal etildi.

Navoiy


