“Navoiyuran” davlat korxonasi dunyo miqyosidagi nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan yana bir ijobiy baho olişga muvaffaq böldi.

Foto: Navoiyuran
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi PQ-319-sonli qaroriga asosan öz faoliyatini tubdan transformatsiya qilgan “Navoiyuran” davlat korxonasi jahon moliya bozorlarida barqaror va zamonaviy kompaniya sifatida özini namoyon etmoqda.
Korxonaning 2024 yilda mineral xomaşyo bazasini kengaytiriş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va xarajatlarni qisqartiriş böyiça amalga oşirgan işlari Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan munosib baholandi. Agentlik korxonaga uzoq muddatli defolt reytingi (IDR) BB- va yakkalangan kredit profili (SACP) BB- reytinglarini berdi.
Bu “Navoiyuran” uçun yil boşidan buyon olgan ikkinçi xalqaro kredit reytingi hisoblanadi. Avvalroq, 2024 yil noyabrida yana bir yetakçi agentlik — Standard & Poor’s Global Ratings ham korxonaga ayni şunday reytinglarni bergan edi. Şu bilan “Navoiyuran” davlat korxonasi respublikadagi yirik sanoat sub’yektlari orasida ikkinçi örinni egallagan.
Fitch Ratings öz hisobotida “Navoiyuran” tomonidan olib borilayotgan geologiya-qidiruv işlari samaradorligini, mineral zaxiralar ösganini va işlab çiqariş xarajatlari dunyodagi yetakçi uran işlab çiqaruvçi kompaniyalarnikidan ham past ekanligini alohida qayd etdi. Şuningdek, transformatsiya jarayonlari izçil davom ettirilayotgani ta’kidlandi.
Şu örinda eslatib ötiş joiz, Buyuk Britaniyaning SRK Consulting kompaniyasi xulosasiga köra, “Navoiyuran” tasarrufidagi konlardagi uran zaxiralari 115,6 ming tonnaga yetdi. Bu 2023 yildagi körsatkiç (71 ming tonna) bilan soliştirganda sezilarli ösişni körsatadi.
Bundan taşqari, 2024 yilgi moliyaviy hisobotlar böyiça xalqaro auditorlik taşkiloti — “Katta törtlik” (Big Four) safiga kiruvçi Deloitte kompaniyasi tomonidan “Navoiyuran” korxonasiga yana “ijobiy” auditorlik xulosasi berildi. Bu kabi xulosa 2022 va 2023 yillar uçun ham qayd etilgan edi.



