Jamiyat
Rubio: Shavkat Mirziyoyev qoʻlidan orden olish men uchun katta sharaf boʻldi
Jamiyat

Rubio: Shavkat Mirziyoyev qoʻlidan orden olish men uchun katta sharaf boʻldi

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik, yangi ish oʻrinlari yaratish va xavfsizlik masalalarini muhokama qilganini maʼlum qildi. U, shuningdek, prezident qoʻlidan «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini olganini bildirdi.

Rubio: Shavkat Mirziyoyev qoʻlidan orden olish men uchun katta sharaf boʻldi

Rubioning soʻzlariga koʻra, uchrashuvda u tarixiy Samarqand shahrida «S5+1» formatidagi muloqotni tashkil etgani uchun Oʻzbekiston hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirgan.

Muzokaralarda ikki mamlakatda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va ish oʻrinlari yaratish boʻyicha birgalikdagi ishlar muhokama qilingan. Shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda «S5+1» diplomatik platformasi doirasidagi oʻzaro hamkorlikka eʼtibor qaratilgan.

«Prezident Mirziyoyev qoʻlidan “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini olish men uchun katta sharaf boʻldi», - deya taʼkidlagan AQSH davlat kotibi.

«S5+1» formati Markaziy Osiyoning besh davlati - Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston hamda AQShni birlashtiradi. Ushbu muloqot formati 2015-yil noyabrda Samarqandda ishga tushirilgan.