Jamiyat
Prezident jahon chempioni boʻlgan yosh muhandislarni mukofotladi
Jamiyat

Prezident jahon chempioni boʻlgan yosh muhandislarni mukofotladi

Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 190 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida Koreyada boʻlib oʻtgan First Global Challenge musobaqasidagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, chempion boʻldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoa aʼzolari va murabbiylarni taqdirlash toʻgʻrisida farmon imzoladi.

Prezident jahon chempioni boʻlgan yosh muhandislarni mukofotladi

Chempionlar 12-oktabr kuni Toshkentda kutib olindi. / Foto: Yoshlar ishlari agentligi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida, 190 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida oʻtgan First Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi chempion boʻldi.

Oʻzbekistonlik robototexniklar musobaqada 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. Yosh muhandislar 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.

Prezident farmoni bilan, musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi:

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

“Kelajak bunyodkori” medali bilan