Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Navoiy / Xatirchi
12:18, 14 март 2023
310
0

Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan xalq taʼlimi bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro N.O.ning Xatirchi tumani xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan hamda bo‘limdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitdan norozi bo‘lib, Prezident virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatlari agentlik tomonidan ko‘rib chiqilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, muallifning shikoyatlari hamda to‘plangan hujjatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan.
Shunga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda ushbu XTB mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2022-yilning iyun—dekabr oylarida 43,6 million so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan 26-fevral kuni ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qism “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar