AYOL - QADRIYATLAR DAVOMCHISI!

AYOL - QADRIYATLAR DAVOMCHISI!
Navoiy shahrida "Ayol- qadriyatlar davomchisi" mavzusida marosim va urf-odatlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i, viloyat hokimining o‘rinbosari Malika Mamadiyorova so‘zga chiqib, bugungi kunda milliy qadriyatlarni yosh avlodga singdirishda xotin-qizlar rolini oshirish, amalga oshirilayotgan islohоtlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovning shahar-tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 11 ta jamoa 3 ta shart asosida bellashdi. Bunda Vatanga muhabbat, onaning millat tarbiyasidagi o‘rni, marosim, urf-odat va xalq o‘yinlari mavzulariga asosiy e’tibor qaratildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni Qiziltepa tumanining "Vang‘ozi barchinlari" jamoasi,
2-o‘rinni Navoiy shahrining "Muqaddas ayol" jamoasi,
3-o‘rinni esa Konimex tumanining "To‘maris ayollar" jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib va faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va estalik sovg‘alar topshirildi.
