O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Navbahor tumanida ham yuqori kayfiyatda nishonlandi.

Navoiy / Navbahor
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Navbahor tumanida ham yuqori kayfiyatda nishonlandi.
Tumanning barcha ta’lim muassasalarida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi o‘tkazildi, jamoat transportlarida va yengil avtomashinalarda Davlat bayrog‘i ko‘tarilib parad o‘tkazildi.
Davlat bayrog‘i aks etgan lentalar fuqarolar ko‘ksiga taqildi. Konsert dasturi namoyish etildi.
Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi, chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.