BUGUN - ICHKI ISHLАR XODIMLАRI KUNI!

Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!
Qadrli ofitserlar, serjant va safdorlar hamda soha faxriylari!
Mamlakatimizdagi yana bir qutlug' sana - O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kunini ko'tarinki kayfiyat, ulkan yutuqlar va ezgu niyatlar bilan qarshi olmoqdamiz. Fursatdan foydalanib, siz azizlarni, bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Eʼtirof etish joizki, hurmatli Prezidentimiz tomonidan ichki ishlar tizimini tubdan isloh qilish, uning faoliyati samaradorligini zamonaviy bosqichga koʼtarishdek gʼoyat murakkab vazifa doimiy ravishda ustuvor ahamiyat kasb etib kelayotgani mazkur sohani yanada takomillashtirishda muhim omil boʼlmoqda.
Shuni ishonch bilan ayta olamizki, bugun xalqimiz sizlarni oʼz hayotini el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek olijanob ishga bagʼishlagan, muqaddas qasamyodiga sodiq vatanparvar insonlar, deb biladi. Аyni paytda bu yoʼldagi mashaqqatli xizmatingizni munosib e'tirof etib, qadrlaydi va havas bilan farzandlarining sizlarga oʼxshashini orzu qiladi.
Qadrli soha fidoyilari!
Barqaror taraqqiyotimiz, tinch va osuda hayotimiz har birimizni yagona maqsad – davlatimiz barqarorligi, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini sergak va ishonchli himoya qilish, eng muhimi, mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va muqaddas burchimizni hamisha sodiqlik bilan bajarishga undaydi.
Bugungi dunyoda kechayotgan murakkab sharoitda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash naqadar masʼuliyatli vazifa bo'lib qolayotganligi hamda bu ezgu amallar siz kabi Vatanning sodiq farzandlaridan fidoyilik va yuksak tayyorgarlik talab etishini barchamiz yaxshi anglaymiz.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, xavfsizlikni taʼminlashdek murakkab, ayni vaqtda sharafli vazifani bajarish uchun bor bilim va salohiyati, kuch-gʼayratini safarbar etib kelayotan siz soha xodimlari bilan biz hamisha faxrlanamiz.
Zero, Yurtboshimizning “Odamlar ichki ishlar organining har bir xodimida oʼz himoyachisini koʼrishi kerak”, degan purmaʼno soʼzlari sizning faoliyatingizda dasturilamal boʼlib xizmat qilib kelayotgani amalda o'z ifodasini koʼrsatmoqda.
Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan chin dildan samimiy tabriklayman.
Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxtu saodat, Vatanimiz tinchligi yo'lidagi sharafli ishlaringizga omadlar tilayman.
Bayramingiz muborak boʼlsin!
Hurmat bilan Normat Tursunov, Navoiy viloyati hokimi, senator
