Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
Sport
09:46, 03 февраль 2025
108
0

39 yoshli portugaliyalik forvardning ma’lum qilishicha, kichik Ronaldu Kilian Mbappening muxlisi sanaladi. Krishtianu o‘g‘li uni odatda Mbappe bilan taqqoslashini aytdi.

«O‘g‘limga Mbappe yoqadi. U «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim. Bu qiziq», - deya tabassum bilan javob qaytargan Ronaldu.

Ma’lumot uchun, Krishtianu yaqinda faoliyatidagi rasmiy o‘yinlarda 920-golini urib, futbol tarixida bunday natijaga erishgan birinchi o‘yinchiga aylandi. 

Ronaldu «Sporting»da 5ta gol, «Manchester Yunayted»da – 145ta,  «Real»da – 450ta, «Yuventus»da – 101ta, «An-Nasr»da 85ta va Portugaliya milliy jamoasi safida 134ta golga mualliflik qilgan. 

39 yoshli hujumchi futbol tarixidagi, milliy jamoalar, Yevropa chempionati, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi goleador sanaladi.

Fransiyalik 26 yoshli hujumchi Kilian Mbappe esa hozirgacha professional faoliyatida jami 405ta o‘yinda 303ta golga mualliflik qilgan. Ya’ni, u «Monako», «PSJ» va «Real» tarkibida hozirgacha 319ta o‘yinda 255ta gol urgan bo‘lsa, Fransiya milliy jamoasi safida 86 o‘yinda 48ta golga mualliflik qilgan.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)