Jamiyat
“AQŞ geosiyosiy tanlov şartisiz hamkorlik taklif qilmoqda” - siyosatşunoslar
Jamiyat

“AQŞ geosiyosiy tanlov şartisiz hamkorlik taklif qilmoqda” - siyosatşunoslar

Markaziy Osiyo bugun tabiiy resurslari va xalqaro savdo yöllari bilan yirik davlatlar eʼtiborida. Marko Rubioning Samarqandga taşrifi AQŞning mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini yana kun tartibiga olib çiqdi.

Ўзбекистон ва АҚШ $12 млрдлик келишувга эришди: Мирзиёев Марко Рубио ва  Сержио Горни мукофотлади

- AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga nega taşrif buyurdi?

Şuhrat Rasul: C5+1 formati 2015-yil 1-noyabrda Samarqandda ilk bor ötkazilgan. Menimça, AQŞ Markaziy Osiyo davlatlariga bu formatni ikkita asosiy sabab bilan taklif qilgan. Geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyo AQŞ uçun strategik ahamiyatga ega. Mintaqa Rossiya va Xitoy örtasida joylaşgan bölib, uning geografik örni Vaşington uçun muhim. Tramp maʼmuriyati prezidentlikka kirişiş arafasida Monro doktrinasining yangilangan talqinini ilgari surgan bölsa-da, AQŞ dunyo böylab geosiyosiy taʼsirini saqlab qolişga intilmoqda.

Bugun Markaziy Osiyoga xalqaro qiziqiş ortib, mintaqaning geosiyosiy ahamiyati yanada kuçaymoqda. Dastlabki uçraşuvlardan keyin C5+1 formati muntazam muloqot mexanizmiga aylandi. Biroq uçraşuvlar har yili bir xil tartibda ötkazilmagan, ayrim davrlarda ular orasida bir neça yillik tanaffuslar bölgan. 2015-yildagi ilk uçraşuvdan söng, 2016-yilda ham muloqot ötkazildi. Keyinçalik uçraşuvlar 2020, 2021 va 2022-yillarda davom etdi, undan söng yana tanaffus kuzatildi.

2025-yil fevralida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari AQŞga taklif etildi. 2026-yilda esa mintaqa davlatlari bilan yana uçraşuv ötkazilmoqda. AQŞning iqtisodiy manfaatlari haqida hamkasblarim batafsilroq töxtalişadi deb öylayman. Menimça, Marko Rubioning Samarqandga taşrifi va C5+1 doirasidagi muloqot aynan şu geosiyosiy hamda iqtisodiy manfaatlar bilan boğliq.

Farhod Karimov: AQŞ dunyoning nafaqat Janubi-Şarqiy Osiyo, balki boşqa mintaqalarida ham Xitoy bilan raqobatlaşmoqda. Yevrosiyoda bu raqobatni olib borişda Amerikaning geografik joylaşuvi muayyan qiyinçilik tuğdiradi. AQŞ mintaqadan uzoqda joylaşgan va uning Yevrosiyoga bevosita taʼsir körsatiş imkoniyatlari çeklangan. Şu sababli Vaşington uçun mintaqa davlatlari mustaqilligini mustahkamlaş, ularning Rossiya, Xitoy va boşqa yirik kuçlardan mustaqil siyosat yuritiş imkoniyatlarini kengaytiriş muhim ahamiyatga ega.

Bunday yondaşuv bir tomondan mintaqa davlatlari manfaatlariga mos kelsa, ikkinçi tomondan AQŞning geosiyosiy maqsadlariga ham xizmat qiladi. Bugun dunyoda turli inqirozlar davom etayotgan bir paytda AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Markaziy Osiyoga taşrifi Vaşington mintaqa bilan munosabatlarga jiddiy ahamiyat berayotganini körsatadi.

Bu örinda AQŞ matbuotida ham taʼkidlangan muhim jihatga eʼtibor qaratiş lozim. Vaşington Markaziy Osiyo davlatlariga geosiyosiy tanlov şartlarini qöymasdan hamkorlik qilişni taklif etmoqda. Mintaqa davlatlari yirik kuçlar bilan munosabatlar örnatişda köpinça muayyan tanlov qarşisida qoladi, Özbekiston rahbari ham avvalroq buni oçiq aytgan edi. Hozir esa AQŞ hamkorlikni muayyan geosiyosiy blokni tanlaş şarti bilan boğlamasligini taʼkidlamoqda. Albatta, Vaşingtonning ham öz siyosiy manfaatlari bor. Biroq mintaqa davlatlarining mustaqil siyosat yuritişi, Rossiya, Xitoy, Eron va boşqa davlatlarga haddan taşqari qaram bölib qolmasligi AQŞ manfaatlariga mos keladi.

Ikkinçi muhim masala - tabiiy resurslar, xususan, nodir minerallar. Jahon iqtisodiyotida beqarorlik kuçayib, Fors körfazi va Qizil dengiz kabi muhim transport yönalişlarida xavf-xatarlar ortayotgan bir şaroitda AQŞ zamonaviy sanoat va texnologiyalar uçun zarur xomaşyo manbalarini diversifikatsiya qilişga intilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari esa bu borada muhim hamkor bölişi mumkin. Şu sababli Vaşington mintaqaning konçilik va nodir minerallar sohalariga investitsiya kiritişidan manfaatdor.

Uçinçi yönaliş - transport va savdo yölaklari. Markaziy Osiyo xalqaro savdo yönalişlarida tobora muhim örin egallamoqda. Xususan, Örta koridorning ahamiyati ortib bormoqda. AQŞ kompaniyalarining mintaqadagi infratuzilma loyihalariga qiziqişi ham şu bilan boğliq. Ular şakllanayotgan transport tarmoqlari va logistika infratuzilmasiga investitsiya kiritiş orqali uşbu jarayondan çetda qolmaslikka intilmoqda. Agar AQŞ bu imkoniyatlardan foydalanmasa, mintaqadagi iqtisodiy loyihalar va savdo yönalişlarida Xitoy yoki boşqa davlatlar yetakçi örinni egallaşi mumkin. Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari köp vektorli taşqi siyosat yuritiş hamda iqtisodiy hamkorlarni diversifikatsiya qilişga intilayotgan bir paytda, Vaşington uçun bu jarayonlarda faol iştirok etiş muhim.

Törtinçi omil - investitsiya bozori. Markaziy Osiyoda hali xorijiy sarmoya jalb qiliş imkoniyatlari keng bölgan köplab sohalar mavjud. Bu faqat energetika yoki nodir minerallar bilan çeklanmaydi. Transport, toğ-kon sanoati, qimmatli qoğozlar bozori ham katta imkoniyatlarga ega. BlackRock va Citigroup kabi yirik moliyaviy kompaniyalar vakillarining mintaqaga qiziqişi bejiz emas. Ularning faoliyati va taklif etayotgan loyihalari Markaziy Osiyoda uzoq muddatli investitsiya imkoniyatlari mavjudligini körsatadi. Demak, AQŞning mintaqaga qiziqişi nafaqat bugungi geosiyosiy vaziyat, balki kelgusi yillarda şakllanadigan iqtisodiy imkoniyatlar bilan ham boğliq.

Kamoliddin Rabbimov: Bu yerda gap faqat Özbekiston va AQŞ örtasidagi hamkorlik haqida emas, balki Markaziy Osiyoning beş davlati - C5+1 formati haqida ketmoqda. Xalqaro uçraşuvlarda mintaqa davlatlarini bir joyga jamlaş yoki ular bilan alohida mamlakatlarda uçraşiş kabi turli yondaşuvlar mavjud. Markaziy Osiyo misolida Toşkent va Ostona kabi poytaxtlar xalqaro uçraşuvlar uçun muhim manzillar hisoblanadi. Biroq beş davlatni bir joyga töplaş zarur bölganda, Samarqandning tanlanişi alohida ramziy maʼnoga ega.

Nega aynan Toşkent emas, Samarqand degan savol ham paydo bölişi mumkin. Toşkent - Özbekiston poytaxti. Agar uçraşuv şu şaharda ötkazilsa, boşqa davlatlarda mezbonlik masalasiga doir savollar tuğilişi mumkin. Samarqand esa Özbekiston poytaxti bölmasa-da, butun mintaqa uçun tarixiy ahamiyatga ega qadimiy şahardir. U ötmişdagi qudratli davlatlar va imperiyalarning markazi bölgan, boy tarixiy merosi bilan ajralib turadi. Şu bois Samarqand barça Markaziy Osiyo davlatlarini birlaştiruvçi ramziy makon vazifasini bajara oladi.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Samarqanddagi tarixiy obidalar bilan tanişgani ham şaharning xalqaro miqyosdagi nufuzini namoyon etadi. Beş davlat rahbarlari yoki taşqi işlar vazirlarini şu yerda jamlaş mezbonlik masalasida muayyan ustunlikni bir davlatga berib qöymasdan, umumiy mintaqaviy uçraşuv uçun qulay şaroit yaratadi. Samarqandning tarixiy mavqeyi esa uning tanlanişiga qöşimça ramziy mazmun beradi.

Özbekiston va AQŞ munosabatlariga kelsak, mustaqillikdan keyingi 35 yil davomida ikki tomonlama aloqalar bir neça bosqiçni bosib ötdi.

2002-yilda ikki davlat örtasida strategik şeriklik töğrisidagi bitim imzolangan edi. Öşa davrdagi uçraşuvlar Toşkentda, jumladan, InterContinental mehmonxonasida ötkazilgan. Men öşa paytda Strategik tadqiqotlar institutida işlaganim uçun bu jarayonlarni yaxşi eslayman. Biroq öşa davrdagi Özbekiston taşqi siyosatining muhim xususiyatlaridan biri - turli geosiyosiy yönalişlar örtasidagi qarama-qarşilik edi. Bir davlat bilan yaqinlaşiş köpinça boşqa yönalişlar bilan munosabatlarning sovuqlaşişiga olib kelişi mumkin edi.

Bugungi Özbekiston esa köp vektorli taşqi siyosat yuritişga intilmoqda. Yaʼni bir davlat bilan hamkorlikni rivojlantiriş boşqa davlatlar bilan aloqalarni çeklaş hisobiga amalga oşirilmasligi kerak. Bu yondaşuv Marko Rubioning Samarqanddagi bayonotida ham aks etdi. Ğarb jurnalistlaridan biri AQŞning Markaziy Osiyo bilan aloqalari Xitoy bilan munosabatlarga qanday taʼsir qilişi haqida savol berganida, Rubio Vaşingtonning maqsadi boşqa davlatlarning mintaqa bilan aloqalarini susaytiriş emas, balki AQŞ va Markaziy Osiyo örtasidagi munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş ekanini taʼkidladi. Bu yondaşuv mintaqa davlatlarining turli hamkorlar bilan aloqalarini rivojlantiriş va öz manfaatlaridan kelib çiqib mustaqil qaror qabul qiliş imkoniyatlarini saqlab qolişiga urğu beradi.