Jamiyat
Prezident va YEXHT Parlament assambleyasi raisi hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab oldi  Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YEXHT) Parlament assambleyasi raisi Pere Joan Pons Sampyetro bilan uçraşdi.

Prezident va YEXHT Parlament assambleyasi raisi hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab oldi

22-oktabr kuni bölib ötgan uçraşuvda YEXHT va uning Parlament assambleyasi bilan hamkorlikni, jumladan, parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.

Uşbu nufuzli tuzilma bilan aloqalarning ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi. YEXHT Parlament assambleyasida Özbekistonning doimiy delegatsiyasi faoliyat yuritmoqda, assambleya vakillari mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatiş jarayonlarida muntazam iştirok etib kelmoqda.

Ekologiya, migratsiya va transport sohalarida konstruktiv muloqot yölga qöyilgan. Özbekiston vakili assambleyaning Migratsiya böyiça maxsus qömitasi tarkibiga kiritilgan.

Xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy şeriklikni rivojlantiriş yuzasidan ham fikr almaşildi.

Amaliy hamkorlikni kengaytiriş maqsadida yangi ustuvor yönalişlarni belgilab beradigan qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olindi.