Jamiyat
Bolalarning nomusiga tekkanlik uchun umrbod qamoq jazosi taklif qilinmoqda
Jamiyat

Bolalarning nomusiga tekkanlik uchun umrbod qamoq jazosi taklif qilinmoqda

Deputatlar bolalarga nisbatan oʻta ogʻir jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi.

Bolalarning nomusiga tekkanlik uchun umrbod qamoq jazosi taklif qilinmoqda

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan oʻta ogʻir jinsiy jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish, jumladan, 14 yoshga toʻlmagan bolaning nomusiga tekkanlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish taklif etilmoqda. Qonun loyihasi 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Hujjat «Adolat» partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan kiritilgan boʻlib, bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Ushbu hujjat bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilgan.

Qayd etilishicha, loyihada bolalarga nisbatan sodir etiladigan zoʻravonlik va jinsiy tajovuzlar uchun jazo choralarini kuchaytirish, jabrlangan bolalarni huquqiy jihatdan himoya qilish, zoʻravonlik holatlarining oldini olish hamda masʼul tashkilotlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishga qaratilgan normalar aks etmoqda.

«Eng avvalo, bolalarga nisbatan sodir etilgan oʻta ogʻir jinsiy jinoyatlar uchun jazo keskin kuchaytirilmoqda. Xususan, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash koʻzda tutilmoqda», – deyiladi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida.

Loyihadan yana shunday takliflar oʻrin olgan: