Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uçraşdi. Maʼlum qilinişiça, bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 mln söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 mln söm qöşimça ustama tölanadi. Oilaviy şifokorlik böyiça tor soha mutaxassisiga ustama esa 5,5 mln söm böladi. Rezidenturada öqiş bepul böladi va talabalarga 3 mln söm stipendiya tölanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşdi. Uçraşuvda davlat rahbari soha vakillari moddiy rağbatlantiriş böyiça yangi çoralarni eʼlon qildi.
Tanlov ğoliblariga elektromobil
Joriy yil ilk bor tuman böğinidagi eng yaxşi şifokor va hamşira nominatsiyalari böyiça viloyat tanlovlari ötkazilmoqda. Ğoliblar 30 million sömdan mukofotlanadi.
Kelasi yil rağbat yanada kuçaytiriladi: viloyat bosqiçida ğolib bölgan 14 nafar şifokor elektromobil bilan taqdirlanadi.
Soğlom turmuş tarzini tarğib qiladigan eng yaxşi önta loyiha muallifiga 200 million sömdan grant beriladi.
Davlat röyxatidan ötganlarga ustama
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkaziş tizimiga uzoq tayyorgarlik körildi, ilğor tajribalar örganildi. Tizim kelasi yil 1-iyuldan yölga qöyiladi.
Dastlabki bosqiçda davlat röyxatidan ötiş ixtiyoriy böladi. 2030-yildan esa bu tartib majburiy tus oladi.
Röyxatdan ötgan şifokor va farmatsevtlarning iş haqiga 7 million sömdan, hamşiralarga 3,5 million sömdan ustama tölanadi.
Qöşimça ustamalar
Bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 mln söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 mln söm qöşimça ustama tölanadi. Oilaviy şifokorlik böyiça tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 mln söm böladi.
Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming şifokor tayyorlanmoqda. Kelasi yildan bu talabalar haftada uç kun bemor bilan işlaşni örganadi, bitiruvçilar esa oxirgi öquv yilida töliq tibbiyot muassasasida amaliyot ötaydi.

Rezidentura bepul
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi böyiça öqiş – rezidentura bepul böladi. Talabalarga 3 mln söm stipendiya tölanadi.
Yönalişga qarab rezidentura 2 yildan 5 yilgaça davom etadi. Oilaviy şifokorlik böyiça öqiş 2 yil, jarrohlik böyiça esa 5 yil böladi.
Malaka oşirişga xususiy sektor kirib keladi
Xodimlar malakasini oşirişga xususiy sektor faol jalb etiladi. Tibbiyot xodimlari qayerda malaka oşirişni özlari mustaqil tanlaydi.
Birlamçi böğin va tumanlardagi xodimlarning malaka oşiriş xarajatlari töliq qoplanadi. Mazkur xarajatlarni davlat öz zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda işlaydigan 130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard söm mablaği özida qoladi.



