
O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt asosida armiyaga qabul qilinayotgan fuqarolar uchun giyohvandlik vositalari bo‘yicha majburiy tibbiy tekshiruv tartibi joriy etildi.
Tekshiruv ikki bosqichda o‘tkaziladi: avval peshob namunasi ekspress-testdan o‘tkaziladi. Natija musbat chiqsa, qon yoki peshob namunasi qo‘shimcha laboratoriya tekshiruviga yuboriladi.
Narkotest natijasi musbat chiqqan yoki namuna topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.



