Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 731,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Shu davrda dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish hajmi 683,4 ming tonnani, tabiiy gaz hajmi esa 21,6 mlrd kub metrni tashkil etdi.
Milliy statistika qoʻmitasi 2026-yilning dastlabki yetti oyida Oʻzbekistonda ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi boʻyicha maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Unga koʻra, yanvar–iyul oylarida mamlakatda 731,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, mazkur davrda dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish hajmi 683,4 ming tonnani tashkil etgan.
Yetti oy davomida Oʻzbekistonda 3,5 mln tonna koʻmir, 368,7 ming tonna neft va 567,5 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarilgan.
Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi esa 21,6 mlrd kub metrni tashkil etgan.
Bundan tashqari, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida respublikada 137,6 ming dona avtomobil dvigateli ishlab chiqarilgan.



