Iqtisod
Xodimlarda iş haqini özi tanlagan bank kartasida oliş huquqi paydo böldi
Iqtisod

Xodimlarda iş haqini özi tanlagan bank kartasida oliş huquqi paydo böldi

Xodimlar iş haqi va boşqa tölovlarni iş beruvçining bankidan qatʼi nazar, özlari tanlagan bank kartasiga olişlari mumkin. Dastlabki bosqiçda bu imkoniyat xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun amal qiladi.

Xodimlarda iş haqini özi tanlagan bank kartasida oliş huquqi paydo böldi

Foto: Kun.uz

Mablağlarni taqsimlaş markazi orqali fuqarolar iş haqini özi tanlagan bank kartasiga olişi mumkin, deya xabar berdi Markaziy bank axborot xizmati.

Tizimning birinçi versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun möljallangan. Keyingi yangilanişlarda foydalanuvçilar takliflari inobatga olinib, imkoniyatlar kengaytirib boriladi.

Avval xodimlarga iş haqini oliş uçun, odatda, iş beruvçi taşkilotning iş haqi loyihasi yuritiladigan bankda alohida karta oçiş talab etilar edi. Natijada fuqaroda boşqa bank kartasi mavjud bölsa ham, yangi karta oçiş va keyinçalik mablağlarni bir kartadan boşqasiga ötkaziş zarurati yuzaga kelardi. Mablağlarni taqsimlaş markazi mazkur boğliqlikni bartaraf etib, fuqaroga özi uçun qulay bankni tanlaş imkonini beradi.

Tizimdan foydalaniş jarayoni xodim uçun sodda taşkil etilgan. Buning uçun fuqaro özi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonining rekvizitlarini iş beruvçining buxgalteriyasiga taqdim etadi. Mablağlarni taqsimlaş markazi tizimida alohida röyxatdan ötiş talab qilinmaydi. Taşkilot xodimlarga amalga oşiriladigan tölovlar böyiça yagona reyestrni şakllantirib, öziga xizmat körsatuvçi bankka yuboradi. Bank reyestrni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, Mablağlarni taqsimlaş markazi tizimiga jönatadi. Tizim maʼlumotlarni tekşiradi va tölovlarni xodimlar tanlagan banklar böyiça taqsimlaydi. Şundan söng qabul qiluvçi banklar mablağlarni tegişli bank kartalari yoki elektron hamyonlarga ötkazadi.

Mablağlarni taqsimlaş markazi fuqarolarga iş beruvçi talabiga köra alohida yangi karta oçmasdan, özida mavjud bank kartasi yoki elektron hamyonidan foydalaniş imkonini beradi. Xodim boşqa bank kartasini tanlaşi yoki keyinçalik rekvizitlarini özgartirişi mumkin. Bunda karta yoki elektron hamyon xodimning öz nomiga rasmiylaştirilgan bölişi lozim.

Mablağlarni taqsimlaş markazi Markaziy bankning himoyalangan infratuzilmasida faoliyat yuritadi. Maʼlumotlar yopiq bank tarmoği orqali uzatiladi, tölov reyestrlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda oluvçining karta rekvizitlari va identifikatsiya maʼlumotlari Markaziy bank bazalari orqali tekşiriladi. Agar maʼlumotlarda xatolik aniqlansa, reyestr tuzatiş uçun qaytariladi. Bu mablağlarning notöğri rekvizitlarga yuborilişi xavfini kamaytiradi.