Madrimov, Jalolov va Ahmadaliyev Dmitriy Bivolni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ar-Riyod shahriga boradi

Madrimov, Jalolov va Ahmadaliyev Dmitriy Bivolni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ar-Riyod shahriga boradi
O'zbekiston / Sport
12:21, 11 октябрь 2024
114
0

Saudiya Arabistonida 12-oktyabr kuni yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun Artur Beterbiyev (WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi) va Dmitriy Bivol (WBA kamari sohibi) jang qiladi.

Sobiq jahon chempionlari Isroil Madrimov va Murodjon Ahmadaliyev, shuningdek, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Dmitriy Bivolni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ar-Riyod shahriga boradi

Eslatib o‘tamiz, Beterbiyev va Bivol 1-iyun kuni to‘qnash kelishi lozim edi, biroq Artur jarohat olgani bois, jang qoldirilgandi. Natijada, Bivol Malik Zinadga qarshi jang qilib, uni 6-raundda nokautga uchratdi.

Bivol 23 ta jangining 23 tasida g‘alaba qozongan (12 tasi nokaut bilan). Beterbiyev ham 20 ta jangining barchasida zafar quchgan. 

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)