Жаҳон
AQŞdagi oraliq saylov yakunlari. Asosiy maʼlumotlar
Жаҳон

AQŞdagi oraliq saylov yakunlari. Asosiy maʼlumotlar

Respublikaçilar qariyb 100-yil mobaynida senatorlik örni egallab turilgan Kanzasda ham yutqazişdi.

AQŞdagi oraliq saylov yakunlari. Asosiy maʼlumotlar

3-noyabr kuni AQŞda kongress uçun oraliq saylovlar bölib ötdi. Amerikaliklar vakillar palatasining yangi tarkibi (kongress quyi palatasida 435 örin), senat aʼzolarining uçdan bir qismini (kongress yuqori palatasida 35 örin), şuningdek, 36 ştat gubernatorlari va mahalliy qonunçilik yiğilişlari deputatlarini saylaşdi. Oraliq saylovlar prezidentlik muddatining yarmida bölib ötadi va saylovçilar hamda OAV tomonidan amaldagi davlat rahbariga işonç bildiriş böyiça öziga xos referendum sifatida qabul qilinadi. Qoidaga köra, bunday saylovda hukmron partiya doim yutqazgan. Bu safar ham şunday böldi. Donald Tramp boşqaruvidagi Respublikaçilar partiyasi vakillar palatasida ham, senatda ham köpçilik örinni boy berdi.

Demokratik partiya 3-noyabr kungi oraliq saylov yakunlariga köra AQŞ kongressining har ikki palatasi ustidan nazoratni qölga kiritdi. NBC News telekanali prognozlariga köra, demokratlar vakillar palatasida 255 örin (respublikaçilarda 180), senatda esa – 48 ga qarşi 52 örin oladi. The New York Times naşri esa Demokratik partiya vakillar palatasida 256, senatda 55 örin qölga kiritişini prognoz qilgan. Bloomberg agentligi hisob-kitoblariga köra, demokratlar senatda 53, vakillar palatasida 227 örinni kafolatlagan. CNN va Reuters ham taxminan şunday natijalarni taxmin qilgan. Yakuniy hisob-kitoblar eʼlon qilinişi bir neça hafta vaqt olişi mumkin.

Demokratlar azaldan respublikaçilar tayançi hisoblangan va Tramp muntazam ravişda ğalaba qozonib kelgan ştatlarda ham senatorlik kreslosini egalladi.

Nathan Howard / Reuters / Scanpix / LETA

Demokrat Adam Hemilton Kanzasda bölib ötgan saylovlardagi ğalabani nişonlamoqda, 2026-yil 3-noyabr

Win McNamee / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA

Demokratik partiya vakili Enni Endryus oraliq saylovlardagi ğalabani nişonlamoqda. U Janubiy Karolinadan senatorlikka saylandi. 2026-yil 3-noyabr

Vakillar palatasida esa Demokratik partiya vakillari Ayova, Texas, Florida va Pensilvaniyada bir neça qöşimça örinlarni, şuningdek, Kentukki, Missuri, Nebraska, Ohayo va Yutada yangi örinlarni qölga kiritdi.

Kongressning yuqori palatasida ilk musulmon senator paydo böldi. Bu Miçigandan saylangan 42 yoşli demokrat nomzod Abdul As-Sayid. U saylov kampaniyasi davrida nafaqat töğridan töğri raqobatçisi, respublikaçi Mayk Rojersga qarşi, balki, Demokratik partiyaning boşqa bir nomzodi, praymerizda mağlub etilgan Heyli Stivensga qarşi ham kuraşişiga töğri keldi. Saylovlar arafasida Stivens kutilmaganda partiyadoşini qöllaşni töxtatib, Rojers foydasiga çiqişlar qilgandi. As-Sayid – Isroilning oşkora tanqidçisidir. Stivensning demarşi möʼtadil demokratlar va As-Sayidning pozitsiyasini qabul qila olmaydigan yahudiy millatiga mansub saylovçilar kayfiyatini aks ettiriş sifatida qabul qilindi.

Brian Snyder / Reuters / Scanpix / LETA

Abdul As-Sayid oraliq saylov yakunlaridan keyin jurnalistlar va öz tarafdorlariga murojaat qilmoqda

Demokratlar ştatlar gubernatorligi uçun saylovlarda ham işonçli va muhim ğalabalarga erişdi. Ular Pensilvaniya (Joş Şapiro), Illinoys (Jey Bi Pritsker), Merilend (Ues Mur), Massaçusets (Maura Hili) va Nyu-Yorkda (Keti Hoçul) qayta saylanişdi.

Megan Varner / Getty Images

Keyşa Lens Bottoms natijalar eʼlon qilinişini öz yaqinlari va tarafdorlari bilan şunday qarşi oldi, 2026-yil 3-noyabr

Sam Wasson / Getty Images

Deb Xollann öz tarafdorlariga murojaat qilmoqda, 2026-yil 3-noyabr

Dymanh Chhoun / Sahan Journal / Catchlight via Getty Images

Minnesotadan saylangan gubernator Emi Klobuçar, 2026-yil 3-noyabr

Tramp Respublikaçilar partiyasining saylovlardagi mağlubiyatini qabul qilişga «mutlaqo tayyorligi»ni aytdi. Prezident The New York Times bilan suhbatda demokratlar bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan. «Biz nimadir öylab topişimiz mumkin», – deya qöşimça qilgan u. Fox News telekanaliga bergan izohida esa Tramp natijalardan «biroz hayratga tuşgani», çunki respublikaçilar «yaxşiroq qatnaşadi» deb öylagani haqida gapirgan. Prezident respublikaçilar mağlubiyatini saylov byulletenlarida özining nomi bölmagani bilan izohladi.

Sörovlarda prognoz qilinganidek, oraliq saylovlar amerikaliklar Trampning siyosatidan iqtisodiy masalalarda ham, Eron bilan uruş oçgani uçun ham norozi ekanini namoyiş etdi. Saylovlar arafasida prezident reytingi minimal darajagaça tuşgandi – Trampning faoliyati AQŞ fuqarolarining faqat 35-37 foizi tomonidan maʼqullangan.

Reuters agentligi oldinroq Oq uy bir neça oydan beri Tramp uçun kongress ustidan nazorat demokratlarga ötadigan vaziyatdagi boşqaruv strategiyasini işlab çiqayotgani haqida yozgandi. Xususan, Oq uydagilar prezident siyosatning qaysi ustuvor yönalişlarini kongressmenlarning roziligisiz amalga oşirişi mumkinligini örganişgan. Trampning özi esa «Mister Veto» bölişi, yaʼni demokratlar taşabbusi bilan çiqarilgan qonunlarni imzolamasligini maʼlum qildi.