Moskvada G‘alaba paradi: qor ostida tanklarsiz

Moskvada G‘alaba paradi: qor ostida tanklarsiz
Jahon
12:06, 09 май 2024
184
0

Moskvada G‘alaba paradi: qor ostida tanklarsiz Putin o‘z nutqida bu safar G‘arb bilan qarama-qarshilik haqida ko‘p gapirmadi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida sovetlar dastlabki uch yil davomida natsistlarga qarshi yolg‘iz kurashganini aytdi, ammo darhol ittifoqchilarning xizmatini ham e’tirof etdi.
Moskvada 2024 yilgi G‘alaba paradi bir yil oldingidan ham kamtarroq o‘tdi. Ishtirok etgan harbiy texnikalar soni bo‘yicha zamonaviy Rossiya tarixidagi antirekord qayd etildi.

Marosim ishtirokchilari uchun ob-havo ham noqulaylik tug‘dirdi — Moskvada so‘nggi yillarda ilk marta 9 may kuni qor yog‘di. So‘nggi bor bunaqa sovuq may 1999 yilda kuzatilgandi. Qor faqat parad oxiriga kelib tindi.

Paradda to‘qqiz mingdan ortiq kishi qatnashdi. Bu bir yil oldingidan ko‘proq, ammo 2022 yildagidan kamroq, o‘shanda paradda 11 ming kishi ishtirok etgandi.

Bu paradda ilk bor Ukrainadagi urushdan kelgan harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Payshanba kuni Qizil maydondan 61 ta zirhli texnika olib o‘tildi. Bu ham bir yil oldingidan ancha kam, o‘shanda paradga 125 ta turli mashinalar jalb etilgandi.

Bundan tashqari, osmonda 15 ta jangovar samolyotlar uchib o‘tdi - bu ham so‘nggi paradlardagi eng kam sonli aviatsiya guruhi bo‘ldi. To‘g‘ri, ba’zida aviatsiya parvozi ob-havo tufayli bekor qilingan, ammo bu safar parad boshidayoq kuchli qor yog‘ganiga qaramay, bunday qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)