Navoiylik IIB xodimi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Navoiylik IIB xodimi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Navoiy / Yangiliklar / Sport / Jamiyat
10:23, 17 сентябрь 2024
192
0

Joriy yilning 12-15 sentyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi. 16 davlatdan 300 ga yaqin  sportchilar tatamiga chiqqan mazkur turnirda terma jamoa a’zosi - Navoiy viloyati IIB xodimi katta serjant Islombek Mardonov ham vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. 62 kg vazn toifasida o‘z raqiblaridan ustun kelgan va finalgacha yetib borgan sportchimiz final o‘yinida ajoyib jang o‘tkazdi hamda yakunda jamoamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi. 9 ta oltin 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘argan terma jamoamiz a’zolari umum jamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Qozog‘istonlik sportchilar 2-o‘rinni, turnir mezbonlari Qirg‘iz Respublikasi jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.

Ushbu g‘alaba bilan barcha sportchilarimizni, ular qatorida Islombek Mardonovni Navoiy viloyati IIB rahbariyati va butun shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0