Navoiy viloyati Eksportida maxsulot turlari va geografiyasini kengayishi

Joriy yil yanvar-oktyabr oylarida Navoiy viloyatidagi 125 ta hududiy korxonalar
tomonidan 137,0 mln. dollarlik eksport qilindi.
Ushbu davrda amalga oshirilgan eksportni asosiy ulushi, ya’ni 45 foizi to‘qimachilik mahsulotlari
(61,4 mln. dollar), 25 foizi qurilish materiallari (35,1 mln. dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, eksport geografiyasi 3 taga (Fransiya, Jazoir, Janubiy Koreya) kengayib, 25 tani tashkil etdi.
Yil yakuni bilan tuqimachilik mahsulotlari 83,5 mln. dollar, qurilish materiallari 61,6 mln. dollar,
kimyoviy mahsulotlar 12,6 mln. dollar, oziq-ovqat va meva sabzavot mahsulotlari 60,2 mln. dollar va boshqa 16,1 mln. dollarlik mahsulotlar eksportini tashkil etadi.
Natijada 2023 yil uchun belgilangan eksport prognozi to‘liq bajarilib,
o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 117 foizni tashkil etadi
