Yakka kurash maktabida yil sarhisobi

Yakka kurash maktabida yil sarhisobi
Navoiy / Navoiy shahri
09:48, 24 январь 2025
141
0

Navoiy shahrida yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Yil Sarhisobi" tadbiri o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Dilmurod Ergashev so'zga chiqib, sportchilar va ularning ota-onalari hamda ustozlarini 2024-yil davomida erishilgan yutuqlar bilan samimiy tabrikladi. 

Shuningdek, 2024-yilda yuqori natijalar ko'rsatgan sportchilarning murabbiylari va ota-onalariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Ayni paytda ushbu sport maktabida 82 nafar mahoratli murabbiy 1200 ga yaqin sportchilarga ta'lim bermoqda. O‘tgan yilda maktab sportchilari O‘zbekiston chempionati va kuboklarida 119 ta, Osiyo chempionatida 8 ta, Jahon chempionatida esa 6 ta medal qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, 16 nafar sportchi "O‘zbekiston sport ustasi", 4 nafar sportchi "Xalqaro toifadagi sport ustasi" unvonini oldi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0