Navoiyda kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi boshlandi.

Navoiy shahri
Navoiyda kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi boshlandi.
Navoiy viloyatida kamondan otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli turnir mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan mahoratli kamonchilarni bir joyga to‘pladi.
13-16 noyabr kunlari davom etadigan bu musobaqada barcha yosh toifasidagi sportchilar eng kuchli kamonchilar orasidan o‘zlarining yuksak mahoratlarini namoyish qilish va O‘zbekiston kubogi g‘olibi bo‘lish uchun kuch sinashadi.
Musobaqa nafaqat sportchilar, balki ushbu sport turiga qiziqayotgan muxlislar uchun ham haqiqiy tomosha maydoniga aylanib, O‘zbekistonning kuchli kamonchilari o‘rtasidagi raqobatni kuzatish imkonini beradi.
Bo'limdagi ommabop yangiliklar