KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN UCHRASHUV TAFSILOTLARI

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN UCHRASHUV TAFSILOTLARI
Navoiy shahri
11:52, 25 сентябрь 2024
232
0

Bugun Navoiy shahar hokimligida shahar hokimi Dilmurod Ergashev hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha o’yektlari hamda muhandislik kommunikatsiyalarini 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash" bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan” uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda hokim tomonidan tegishli korxona va muassasa rahbarlariga qishki mavsumda barcha ta’lim muassasalari, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda ko’p qavatli uylarning issiqlik tizimi barqaror ishlashini ta’minlash va mavsumni betalofat o’tkazish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berilib, bugungi kunda mazkur yo’nalishda hududlarda amalga oshrilayotgan ishlar xususida mas’ullarning ma’lumot, fikr va takliflari tinglandi.

Ma’lumot uchun, Navoiy shahrining barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarida mavsumga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda. Barcha jarayonlar shaxsan hokim nazoratiga olingan. Maqsad esa mavsumni bexavotir va betalofat o‘tkazishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)