Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Qiziltepa tumaniga tashrifi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Qiziltepa tumaniga tashrifi
Qiziltepa
14:28, 06 август 2024
166
0

Viloyat rahbari Normat Tursunovning Qiziltepa tumanidagi tashrif buyurgan ilk obyekti hududning kirish qismida, M-37 xalqaro magistral yo‘li yoqasida yangi turistik markaz qurilishi bo‘ldi.

Normat Tursunov mas’ullar bilan suhbatlashar ekan, yo‘l yoqalarini alohida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga urg‘u qaratish, hududning kirish qismi mahalliy va xorijiy mehmonlarni o‘ziga jalb qila oladigan hamda barcha zamonaviy qulayliklar yaratilishiga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, "Navoiy tears invest" MCHJ tomonidan boshlangan qiymati 4 million dollarlik ushbu loyiha doirasida bu yerda savdo do‘koni, ovqatlanish joyi, fast-fud shoxobchasi, elektromobillarni quvvatlash shoxobchasi, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, avtosalon, yuk va yengil mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi avtoservis va avtoturargoh, hostel, o‘tovlar, ko‘l, bolalar maydonchasi, otxona va tuyaxonalar kabilar barpo etiladi.

 

Viloyat hokimi Normat Tursunov Qiziltepa tumanidagi "Bobodo‘g‘i" mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda aholining 30 dan ortiq murojaat va takliflari o‘rganildi. Murojaatlarda asosan fuqarolar salomatligini tiklashda, yirik operatsiyalarni o‘tkazishda moliyaviy ko‘mak berish, shuningdek bandlik masalalarida yordam so‘rab murojaat etishdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida yechim topdi, muddat va o‘rganish talab etiladiganlari esa qat’iy nazoratga olindi.

 

Qiziltepa tumanidagi tashrifi chog‘ida 17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘ldi.

Hozirda kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ta’lim tashkiloti 120 o‘ringa mo‘ljallangan. 

Viloyat rahbari jarayon bilan tanishar ekan, ta’lim tashkilotida tarbiyachi-pedagoglar va bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Viloyat hokimi Qiziltepa tumaniga tashrifini shu nuqtada tamomlab, Navoiy shahriga qaytdi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)