Viloyat rahbari turk ishbilarmonlarini qabul qildi

Navoiy
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bir guruh turk ishbilarmonlarini qabul qildi.
Navoiy shahrida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini tashkil qilish yuzasidan turk tadbirkorlar guruhi viloyat hokimi va soha
mutaxassislariga o‘z loyihalarini taqdim etishdi.
«Outdoor fastory toshkent» qurilish firmasi direktori Xikmet Ayvazoglu tomonidan qurilishi rejalashtirilayotgan 50 gektar
maydondagi bog‘da bolalar uchun ko‘ngilochar joylar, avtoturargoh, sun’iy ko‘l bo‘lishi va boshqa zamonaviy qulayliklar
yaratilishi bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, turk tadbirkorlari bilan onlayn rejimda bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida yashil bog‘ tashkil etish,
obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bergan bir qator takliflari muhokama etildi.
Bo'limdagi ommabop yangiliklar

Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....