Poytaxtda vaʼda qilingan yangi uylar aslida Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida qurilayotgani maʼlum bölgaç, xaridorlar kvartira pulini qaytarişni talab qilişgan. Tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği nazoratiga olingan.

Foto: Toşkent şahar IIBB
Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi ofisi Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şoh köçasida joylaşgan «Imarat Development» masʼuliyati çeklangan jamiyat (MÇJ) rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi qözğatdi.
Idora matbuot xizmati xabarida qayd etilişiça, bir guruh fuqarolar huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, mazkur MÇJ faoliyati yuzasidan işonçsizlik bildirgan va jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Toşkent şahar IIBB tomonidan ötkazilgan tekşiruv davomida aniqlanişiça, poytaxtda qurilişi vaʼda qilingan yangi uylar aslida Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida qurilayotgani maʼlum bölgaç, xaridorlar norozilik bildirib, pulini qaytarişni talab qilişgan. Biroq tölovlar qaytarilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ikki moddasi alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan:
168-modda («Firibgarlik»);
192 prim.11-moddasi («Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiisteʼmol qiliş»).
Tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği hamda prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tergov natijalariga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanişi taʼkidlangan.



