Saida Mirziyoyeva AQSHga tashrifi davomida Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotgani hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.
“Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston 2026-yil dekabrgacha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston investitsiya darajasidagi kredit reytingini olib, JSTga a’zo bo‘lishni yakunlamoqchi.



