Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida yangi Ta‘lim va ilm-fan vazirligi va unga rahbar etib tayinlangan Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda investor va tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligi va unga rahbar etib tayinlangan Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.
“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, dedi prezident.
Prezident farmoni bilan 3-oktyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etilgan edi.
Erkinjon Turdimov 9-oktyabr kuni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimi vazifasida faoliyat olib borgan.



