Navoiy
NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA KOREYS TILI MARKAZI OCHILDI
Navoiy

NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA KOREYS TILI MARKAZI OCHILDI

Navoiy davlat universitetida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ta’limiy va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Koreys tili markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda M. Kalonov hamda Jan Chun Su so‘zga chiqib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari, talabalar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirishning ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

🇰🇷 Marosimda Bucheon University delegatsiyasi tarkibida universitet rektori Jan Chun Su, prorektorlar Choi Jun Hyok va Song Eu Jin, Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Koo Jung Eun, mutaxassis Kim Oksana, rektor yordamchisi Bae Cheon Ju, shuningdek, Koreya ta’lim markazi direktori Park In Soo hamda boshqa xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.

🎨 Tadbir davomida mehmonlarga o‘zbek milliy san’atiga oid ko‘rgazma namoyish etilib, unda milliy liboslar, amaliy san’at namunalari va o‘zbek milliy raqslari aks ettirildi.

💃 Shuningdek, bayramona dasturdan musiqiy chiqishlar va raqslar o‘rin olib, tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

🎀 Marosimning muhim lahzalaridan biri — Koreys tili markazining ochilish ramzi sifatida lentaning tantanali kesilishi bo‘ldi.

🌏 Mazkur markazning tashkil etilishi Navoiy davlat universiteti talabalari uchun koreys tilini chuqur o‘rganish, Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Navoiy davlat universitetida xalqaro hamkorlik — yangi bosqich sari! 🇺🇿🤝🇰🇷