Navoiy
NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA YANGI FAXRIY PROFESSOR
Navoiy

NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA YANGI FAXRIY PROFESSOR

Singapur Menejment universiteti professori Visuanatan Gopalan Navoi davlat universitetining “Faxriy professori” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ushbu unvon universitet rektori, professor M.B. Kalonov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Professor Visuanatan Gopalan ta’lim, menejment, inson resurslarini boshqarish, strategik menejment va ilmiy tadqiqot metodologiyasi yo‘nalishlarida 30 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega.

U 2024-yildan buyon Navoiy davlat universiteti bilan hamkorlik qilib, magistratura talabalariga ilmiy tadqiqot metodologiyasi, akademik yozuv va tadqiqot dizayni bo‘yicha dars berib kelmoqda. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar o‘tkazib, doktorantlarning ilmiy faoliyatiga rahbarlik qilmoqda.

Uchrashuvda Navoiy davlat universiteti va Singapur tomoni o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish hamda xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.