Navoiy
Navoiy viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi.
Navoiy

Navoiy viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Navoiy suv qurilish invest” DM, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimi Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya, “N.S.” va “B.Z.” MChJlar mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, shartnomalarga asosan “DIVER” qurilmalari uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qo‘shib yozish natijasida 1,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.