Amaliyotda muammolarga sabab boʻlayotgan apostrofli O‘ va G‘ harflari diakritik belgili Ö va Ğ shaklini oladi. Harf birikmasi shaklidagi Sh va Ch oʻrnini diakritik belgili Ş va Ç egallaydi.
Oliy Majlis Senati “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonunni maʼqulladi.
Qonun bilan, alifboga quyidagicha oʻzgartishlar kiritilmoqda:
O‘ o‘ → Ö ö
G‘ g‘ → Ğ ğ
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
Shuningdek, Ng mustaqil harf sifatida alifbodan chiqariladi. Tutuq belgisi saqlab qolinadi.

Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar toʻsiqsiz muomalada qoladi. Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha va koʻrsatkichlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.

Tahrirlangan oʻzbek-lotin alifbosining standart klaviaturadagi taxminiy koʻrinishi



