Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bosh vaziri bilan uchrashdi
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bosh vaziri bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Seulda Janubiy Koreya bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi. Uchrashuvda savdo va investitsiyalar, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, muhim minerallarni qayta ishlash hamda transport infratuzilmasi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bosh vaziri bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

15-sentabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi qarorgohida Koreya Respublikasi bosh vaziri Xan Son Suk bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, transport va logistika sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar innovatsion-texnologik hamkorlikni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratdi.

Shuningdek, savdo, moliya va investitsiyalar, raqamli iqtisodiyot va kiberxavfsizlik yoʻnalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Koreyaning ilgʻor texnologiyalari va Oʻzbekistonning xomashyo bazasidan foydalangan holda muhim minerallarni qayta ishlash sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, transport va temiryoʻl infratuzilmasini rivojlantirish hamda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya hududlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.