Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay shahridagi Xinya Packaging Technology Co. LTD kompaniyasida bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.

O'zbekiston / Navoiy
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay shahridagi Xinya Packaging Technology Co. LTD kompaniyasida bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur kompaniya 1991-yilda tashkil topgan bo‘lib, oziq-ovqat, farmatsevtika, kosmetologiya yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi korxonalarga qadoqlash mahsulotlarini yetkazish bilan shug‘ullanadi. Ayni kunda bu yerda 200 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritadi.
Korxona mahsulotlari asosan Yaponiya, Tayland, Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Bu kompaniya mahsulotlarini BAYER farmatsevtika kompaniyasi, "MCDONALD'S" tovarlarining qadog‘i sifatida butun dunyo taniydi.