Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i Merey Omonboevaga nisbatan jinoyat ishi yopiq tartibda ko'rib chiqildi.

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i Merey Omonboevaga nisbatan jinoyat ishi yopiq tartibda ko'rib chiqildi.
Navoiy
12:09, 13 сентябрь 2024
166
0

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i Merey Omonboevaga nisbatan jinoyat ishi 18 sentyabr kuni Navbahor tumani sudida yopiq tartibda koʼrib chiqiladi. U juda ko'p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

U Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi a-bandi (Juda ko'p miqdorda firibgarlik)da ayblanmoqda. Bunday jinoyat uchun BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi mavjud.

Sud ishida jabrlanuvchi sifatida Mehroj Samatovich Raxmatov koʼrsatilgan. U prezident farmoyishi bilan 2023 yilda «Faol tadbirkor» koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan. O'shanda tadbirkor Navoiy shahridagi Bright Industry Buildings the Future MChJ direktori sifatida qayd etilgan.
Jinoyat ishi sudya Аlisher Saydullaev raisligida koʼriladi.

Shu yilning aprel oyida Merey Omonboevaga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgandi. O'shanda tadbirkor va Zulfiya mukofoti sovrindori firibgarlik va pora berishga sheriklikda gumonlangan.
Omonboeva Navoiy shahri hokimi orqali yer maydoni olib berishni vaʼda qilib, quruvchi tadbirkordan katta miqdorda pul olgani aytilgan.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0