Navoiy viloyati ahli Paralimpiya o‘yinlari chempioni Elbek Sultonovni kutib oldi.

Navoiy viloyati ahli Paralimpiya o‘yinlari chempioni Elbek Sultonovni kutib oldi. Yurt bayrog‘ini yuksaklarda hilpirashiga sabab bo‘lgan polvonning sharafiga shahar ko‘chalarida qarsaklar chalinib, duolar qilindi.
Parijda o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini (jami 26 ta) qo‘lga kiritib, medallar jadvalida 13-o‘rindan joy oldi, Osiyoda esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi bo‘ldi. Bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija.
F12 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha finalda ishtirok etgan viloyatdoshimiz Elbek Sultonov 16.45 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, bu reytingga o‘z munosib hissasini qo‘shdi.
Viloyat hokimi chempionni qabul qilarkan, yutuqlari bilan qutladi. Samimiy tilaklarini tilab, yurtga faqat g‘alabalar olib kelishini niyat qildi.
