Navoiylik Xusniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o'yinlari g'olibi! 

Navoiylik Xusniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o'yinlari g'olibi! 
Sport
12:47, 06 сентябрь 2024
166
0

O'zbek sportida tarixiy voqea!

Navoiylik Xusniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o'yinlari g'olibi! 

Para yengil atletika bo'yicha erkaklar o'rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi yakunlandi. E'tiborlisi, ushbu yo'nalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Xusniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya oʼyinlari gʼolibi boʼlgan ilk o'zbekistonlik sportchiga aylandi.

Parij Paralimpiadasida O'zbekistonning oltin medallari 8 taga yetdi. 

Para yengil atletikada yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija bilan Paralimpiada rekordini oʼrnatdi va shohsupaning eng yuqori pogʼonasidan joy oldi. 
E'tiborlisi, delegatsiya bayroqdori 3 karra Paralimpiya oʼyinlari g'olibi bo'lgan ilk o'zbekistonlik sportchiga aylandi. Norbekov bungacha Rio-2016 va Tokio-2020da ham tengsiz boʼlgandi. 
O'zbekiston delegatsiyasining medallari 17 taga yetdi — 8 oltin, 5 kumush va 4 bronza.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)