TO‘QSONBOSTI EKINLAR - MO‘L HOSIL GAROVI

TO‘QSONBOSTI EKINLAR - MO‘L HOSIL GAROVI
Konimex tumani “Jamol Javxarbek” fermer xo‘jaligida 2025-yil hosili uchun 2024-yil avgust-sentabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda noyabr-dekabr oylarida "To‘qsonbosti" usulida sabzavot ekinlarini ekilishi yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi Viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari, Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassislari va hamda agroxizmatlar markazi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi, fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga ochiq maydon va bog‘ oralariga mavsumda piyoz va sarimsoqpiyoz ekish afzalliklari va agrotexnikasi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun, bu yil jami 498 gektar, shundan 181 gektarga avgust, sentabr oyida piyoz va sarimsoqpiyoz, noyabr, dekabr oyida esa 317 gektarga to‘qsonbosti ekinlar ekish rejalashtirilgan.
