Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Konimex tumaniga tashrif buyurdi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Konimex tumaniga tashrif buyurdi.
Navoiy / Konimex
10:12, 19 сентябрь 2024
152
0

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Konimex  tumanidagi "Sho'rtepa" mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda aholining murojaat va takliflari o‘rganilmoqda. 

Murojaatlarning aksariyati joyida yechim topib, muddat va o‘rganish talab etiladiganlari nazoratga olinyapti. 

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Konimex  tumanidagi "Sho'rtepa" mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Qabulda aholining murojaat va takliflari o‘rganilmoqda. 

Murojaatlarning aksariyati joyida yechim topib, muddat va o‘rganish talab etiladiganlari nazoratga olinyapti. 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari, muammo va takliflari, ularni «Kambag‘allikdan farovonlik sari» tamoyili asosida ijtimoiy holatini yaxshilash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun ko‘maklashish hamisha viloyat hokimining e’tibor markazida.

Bugun Konimex tumaniga tashrif davomida aholi xonadonlarida bo‘lgan Normat Tursunov fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi muammolarini tinglab, ularga yechim topish barobarida, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, yangi ish o‘rinlari yaratayotgan ishbilarmon oilalar va ularning faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Dilshod Berdiyev va Nodirabegim Abdimuratovalar  oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. Tuman aholisiga non, patir va turli shirinliklar yetkazib berishadi. "Dilshodbek Kamronbek asl nonlari" oilaviy ishlab chiqarish korxonasini "Har bir oila tadbirkor" dasturi bo'yicha imtiyozli kredit olib, boshlagan oila oʻzlaridan tashqari 7 kishini ish bilan band qilgan.  

Viloyat hokimiga fuqaro Maxmud Ashirbekov xonadonida turmush oʻrtogʻiga nafaqa tayinlanishi hamda oʻzining ishga joylashishi masalasida murojaat qilindi. Tegishli mutasaddilar koʻmagida har ikki masala yechimini topdi. 

Jursinoy opa xonadonida ham nafaqa muammosi koʻtarildi, Normat Tursunov bu masalaning ham qonuniy yechilishida koʻmaklashdi.

 

Konimex tumani markazida joylashgan istirohat bog‘ida aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish, ommaviy bayram tadbirlarini aholi ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tkazish hamda madaniy-ma’rifiy maskanlar faoliyatini tizimli yo‘lga qoʻyish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, mazkur istirohat bog‘ida tuman hokimligi tomonidan sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha 1,8 km polietilen quvurlar tortildi va 1 dona rezervuar qurildi. Aholi dam olishi uchun 40 dona o'rindiq, 70 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilib, bolalar uchun o'yingoh qurilib foydalanishga topshirildi. 

Qolaversa, istirohat bog‘ini kapital ta’mirlash ishlari 2024-yil 2-mavsum "Tashabusli budjet" loyihasi doirasida g‘olib deb topilib, mazkur ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

Viloyat rahbari Normat Tursunov mazkur bogʻ bilan joyida tanishish maqsadida hududda bo‘ldi. Hokim amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib, qator topshiriqlarni belgilab berdi.

Fuqarolarga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash, yoshlarning madaniy dam olishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tizimli tashkil etish maqsadida Konimex tumanidagi "Do'stlik" madaniyat markazida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur ishlarni koʻzdan kechirish viloyat hokimining tumanga qilgan  tashrifiga yakun yasadi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0