Bugun Navoiy shahrida zamonaviy xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan Sportni rivojlantirish markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, viloyatimizda sportning boks turi bilan shug‘ullanuvchilar soni kun sayin ortib borayotgani hamda vatanimiz qahramonlari deya e’tirof etilgan bokschilarimiz davomchilari ushbu sportni rivojlantirish markazida ham yetishib chiqishiga umid bildirdi.
-To‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, barcha talablarga javob beradigan ushbu boks zalida sportni sevadigan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbidagi orzuning amaliy ifodasi bo‘ldi,- deya ta’kidladi viloyat hokimi.
Mazkur markaz tadbirkor Temur Haydarovning homiyligi asosida 5 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 250 nafar qo‘l jangiga yo‘naltirilgan sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni tarbiyalashga ixtisoslashgan.
