Karmana tumani hokimi Valijon Adizov “Zarafshan Industrial Technology” hamda "Tianchen stone" xorijiy korxonalarining yangidan tashkil etilayotgan loyihalari bilan tanishdi.

Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosari Amriddin Akramov “Zarafshan Industrial Technology” hamda "Tianchen stone" xorijiy korxonalarining yangidan tashkil etilayotgan loyihalari bilan tanishdi.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish joizki, “Zarafshon industrial technology” korxonasi tomonidan 100 gektar yer maydonida 2028-yil oxiriga qadar 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobidan kimyo sanoati yoʻnalishidagi yangi yirik investitsiya loyihalarini, "Tianchen stone" korxonasi tomonidan 35 gektar yer maydoniga 80 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobidan qurilish mollari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
