Zarafshon shahri, Xatirchi va Nurota tumanlari hokimlaridan iborat guruhi o‘rganish va kelishuvlarni Xitoyning Fujou shahrida davom ettirishdi

Zarafshon shahri, Xatirchi va Nurota tumanlari hokimlaridan iborat guruhi o‘rganish va kelishuvlarni Xitoyning Fujou shahrida davom ettirishdi
Navoiy / Zarafshon / Xatirchi / Nurota
10:59, 01 декабрь 2024
236
0

Safarning ikkinchi kunida viloyat delegatsiyasining Zarafshon shahri, Xatirchi va Nurota tumanlari hokimlaridan iborat guruhi o‘rganish va kelishuvlarni Xitoyning Fujou shahrida davom ettirishdi va xitoylik investorlar bilan uchrashishdi.

Muloqot davomida hokimlar o‘z hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati hamda investitsion jozibadorligi haqida ma’lumot berishdi. Xususan, oxirgi yillarda viloyat iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar salmog‘i yanada ortganini, hududda xorij sarmoyasi ishtirokida ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotganini, hozirgacha aksariyat quvvatlarning to‘laqonli faoliyat boshlashiga erishilganini aytib o‘tdilar.

O‘z navbatida, kompaniya vakillari birgalikda ishlashdan manfaatdor ekanliklarini, viloyat salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq strategik qadamlarni ishlab chiqishda ishtirok etish niyatlari borligini ham ta’kidlashdi. 

 Uchrashuv davomida investorlar Zarafshon shahri imkoniyatlari va “Sanoat uchburchagi” bo‘yicha  qiziqish bildirishdi. Bunga javoban shahar hokimi  samarali hamkorlik va samimiy uchrashuv uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0