Navoiy viloyati hokimligida aparat yig'ilishi bo'lib otdi.

FAOLIYATIDA SUSTKASHLIKKA YO‘L QO‘YGAN MAS’ULLARGA INTIZOMIY CHORALAR KO‘RILDI
Navoiy viloyati hokimligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi Normat Tursunov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sektor rahbarlari,
viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona, muassasa mas’ullari, tuman
shahar studiyalarida esa masalaga aloqador rahbarlar ishtirok etdi.
Kun tartibida ijro intizomini mustahkamlash oldingi apparat yig‘ilishlarida berilgan
topshiriqlar, edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar, murojaatlar ijrosi atroflicha muhokama etildi.
Shuniningdek, tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari atroflicha muhokama etilib, bu borada
olib borayotgan ishlar qoniqarsiz, deb baholandi.
Shundan kelib chiqib, ijro intizomi va fuqarolarning murojaatlari ijrosini
ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilarga qat’iy intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
