Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Nurota tumaniga tashrif buyurdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov har-bir hududdagi tashrifi davomida maktab
tizimi bilan bog‘liq muammolar,
o‘quvchilar va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechiradi.
Bu gal ham Nurota tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lgan
viloyat rahbari ta’lim maskanidagi aksariyat partalarning yaroqsiz ekanligi, kuz-qish
mavsumiga yetarlicha hozirlik ko‘rilmaganini tanqid qildi.
Normat Tursunov maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida
kuzatilayotgan bu kabi muammo va kamchiliklar o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishida salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, tegishli mas’ullarga qat’iy vazifalar belgiladi.
Shuningdek, maktabda ko‘mirxona qurish bo‘yicha o‘z takliflarini berib,
60 ta yangi maktab partalari yetkazilishi ta’kidlandi.