14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Viloyat hokimligida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, bir guruh soha xodimlarini hamda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini viloyat hokimligining Faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirladi.
Shuningdek, 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari o‘rtasida ijobiy natijalarga erishganligi uchun Navoiy viloyatida joylashgan harbiy qism va muassasalarga ham viloyat hokimining tashakkurnomalari topshirildi.
Xususan, Mudofaa vazirligiga qarashli 20022-harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda mutloq g‘olib bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari harbiy qismlari o‘rtasida 7532-harbiy qism “Eng ilg‘or” harbiy qism deb e’tirof etilgan.
