“Bag‘rikenglik haftaligi” yuqori saviyada o'tdi

Navoiy viloyatida 16 noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan
“Bag‘rikenglik haftaligi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Xususan, mazkur haftalik doirasida viloyatdagi milliy madaniy
markazlar va yoshlar vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlari
rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida tadbirlar o‘tkazildi.
Shuningdek, bugun sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi o‘rinbosari E.Mardonov
ishtirok etib, millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda
turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, milliy madaniyatlar,
urf-odat va an’analarning o‘ziga xosligini saqlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Navoiy viloyatida qardosh tillarda so‘zlashuvchi turli millat
vakillari tinch-totuv istiqomat qiladi. Jumladan, qozoq millatiga mansub
38 061 nafar, qoraqalpoq 23 941 nafar, tojik 14 536 nafarni tashkil etadi.
