Navoiy shahridagi "Kimyogar" oʻyingohida 17 yoshli hamda 12 yoshlilar o‘rtasida "Sport maktablari futbol ligasi" viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahridagi "Kimyogar" oʻyingohida 17 yoshli hamda 12 yoshlilar o‘rtasida "Sport maktablari futbol ligasi" viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda jami 11 ta jamoa ishtirok etdi. Mazkur chempionat aylanma tizimda oʻtkazildi.
Tur o‘yinlari natijasiga ko‘ra 17 yoshlilar oʻrtasida orinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin - Navoiy shahri 1-son sport maktabi
2-o‘rin - Karmana tumani sport maktabi
3-o‘rin - Qiziltepa tumani sport maktabi
12-yoshlilar oʻrtasida
1-o‘rin - Zarafshon shahri sport maktabi
2-o‘rin - Xatirchi tumani sport maktabi
3-o‘rin - Karmana tumani sport maktabi
Navoiy hamda Zarafshon shaharlari tarbiyalanuvchilari musobaqaning Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Musobaqa yakunida g’olib va sovrindorlar viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi.
