Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Karmana va Qiziltepa tumanlarida bo‘lib qaytdi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Karmana va Qiziltepa tumanlarida bo‘lib qaytdi.
Navoiy / Karmana / Qiziltepa / Jamiyat
10:14, 19 октябрь 2024
136
0

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Karmana tumanidagi "Sardoba" MFY hududida 3 gektar maydonda tashkil etilayotgan "Mebelchilik mikromarkazi" loyihasi bilan tanishdi.

Viloyat rahbari tomonidan mas'ullarga ushbu loyihani belgilangan muddatda sifatli tarzda yakuniga yetkazish bo‘yicha bir qator topshiriq va tavsiyalar berildi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Karmana tumanidagi Xazora maishiy xizmat ko‘rsatish markazi loyihasi amalga oshirilayotgan joyda ham bo‘ldi.

Mazkur markaz ham M-37 avtomagistral yo‘li yoqasida barpo etilishi ko‘zlangan bo‘lib, u yerdan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish shaxobchalari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari o‘rin oladi. 

Jarayon bilan tanishgan viloyat rahbari loyihani mukammallashtirish bo‘yicha o‘z tavsiya va topshiriqlarini berdi.

 

  Normat Tursunovning Qiziltepa tumanida borgan ilk obyekti hududning kirish qismida, M-37 xalqaro magistral yo‘li yoqasida yangi turistik markaz qurilishi bo‘ldi.

Normat Tursunov mas’ullar bilan suhbatlashar ekan, yo‘l yoqalarida alohida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga urg‘u berish, hududning kirish qismi mahalliy va xorijiy mehmonlarni o‘ziga jalb qilishi hamda barcha zamonaviy qulayliklar yaratilishiga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, "Navoiy tears invest" MCHJ tomonidan boshlangan qiymati 4 million dollarlik ushbu loyiha doirasida bu yerda savdo do‘koni, ovqatlanish joyi, fast-fud, elektromobillarni quvvatlash, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, avtosalon, yuk va yengil mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi avtoservis va avtoturargoh, hostel, o‘tovlar, ko‘l, bolalar maydonchasi, otxona va tuyaxonalar kabilar barpo etiladi.

 

Normat Tursunov Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasida bo‘lib, "Yangi O‘zbekiston" massivining ikkinchi bosqichi qurilishi taklif loyihasi bilan tanishdi.

Massiv uchun jami 20 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda jami 2000 dan ortiq xonadonli 60 ga yaqin ko‘p qavatli uylar, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, istirohat bog‘i, ichimlik suvi, elektr, tabiy gaz, issiqlik ta’minoti obyektlari, kanalizatsiya tarmog‘i, massiv ichki yo‘llari qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. 

Loyihaning birinchi bosqichida 200 xonadonli 8 ta uy qurib bitkazilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichida 7 ta 9 qavatli uylar qurilishi va ushbu uylarga ko‘chib keladigan aholining munosib shart-sharoitlarda yashashi uchun zaruriy kommunikatsiya tarmoqlari tortilishi rejaga kiritilgan.

 

Viloyat hokimi borgan navbatdagi obyekt tumanning "Malikobod" MFY hududidagi "HALOL AGRO PARRANDA" MCHJ tomonidan tashkil etilgan 45 ming boshga mo‘ljallangan parrandachilikni rivojlantirish" loyihasi bo‘ldi. 

Mazkur obyektda bugungi kunda 45 ming dona broyler tovuq boqilmoqda. Parranda uchun ozuqa ham ayni yerning o‘zida ishlab chiqariladi. 

Normat Tursunov parrandachilik fabrikasi rahbari bilan suhbatda, loyihani kengaytirish, mahsulot eksporti, mavjud muammo va kamchiliklar, takliflar bo'yicha batafsil fikrlashdi.

 

Paxta yig‘im-terim mavsumini qisqa muddatlarda va sifatli amalga oshirishni maqsad qilgan Qiziltepa tumanining fermer xo‘jaliklarida bugun 13 ta paxta terim kombaynlari yordamida terim mavsumi qizg‘in bormoqda.

Viloyat hokimi Normat Tursunov qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan fikr almashish, mavsumni yaxshi natijalar bilan tugatishni muammosiz amalga oshirish, paxta terim mashinalarining samaradorligi to‘g‘risida suhbatlashish maqsadida tumandagi "Narzullo Tursun niyati" fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: joriy yilda Qiziltepa tumanida faoliyat yuritayotgan 238 ta fermer xo‘jaliklarining 7100 gektar maydonlarida paxta yetishtirilgan.

 

Viloyat hokimi Normat Tursunov M-37 xalqaro yo‘li bo‘yida 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘ldi va bir guruh tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini birma-bir tingladi. 

Har bir murojaatni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, barcha loyihalarni qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun: ushbu sanoat va tadbirkorlik zonasida jami qiymati 51,2 milliard so‘mlik 43 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Loyihalarning 34 tasi sanoat yo‘nalishida, 9 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0